05 apr 13:53
Yangiliklar
Isroil Madrimov chempionlik kamari uchun tekinga jang qildimi?
Magomed Qurbonov Isroil Madrimov bilan bahsdan so'ng «Ikkimiz ham tekinga jang qildik», - degan edi. Isroil Madrimov ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.
«Ikkalamizning ham maqsadimiz kamar uchun jang qilish edi. Gonorar u qadar muhim emasdi. Tekin deganda mutlaqo tekin emas, jang bo'lishi uchun kam miqdordagi gonorar bo'lgan. Biz jangga o'tgan yili sentyabr oyidan tayyorgarlikni boshlaganmiz. Noyabr oyida jang bo'lishi kerak edi. Keyin dekabrga, yanvarga o'tdi - raqibimiz rozi bo'lmaganidan so'ng fevralga ko'chirildi. U oyda ham bo'lmaganidan keyin martga ko'chdi. Sportchi shuncha tayyorgarlikdan keyin gonorarga qarab o'tirmaydi. Menda ham Magomedda ham jang bo'lsa bo'ldi degan hayol bor edi. Gonorar kam bo'lgani uchun Qurbonov tekin deb aytib o'tgan bo'lishi mumkin».
Fikrlar