So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

08 avg 13:03
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Isroil Madrimov: “Ishonchim komil, oltin medal bo'ladi!”

Rio Olimpiadasi bahslarini bokschilarimiz ko'ngildagidek boshlab olishdi.

Ring ustalarimiz orasidan birinchi bo'lib ringga chiqqan Hurshid Tojiboev (60 kg) qatarlik Xakan Ereskerni ishonchli tarzda mag'lub etdi. 69 kgda tarkibdan o'rin olgan SHahram G'iyosov ispaniyalik Youbo Sissokodan ustun keldi.

Aytish mumkinki, endi kundan-kunga bokschilarimizning barchasi ham baxslarga qo'shiladi. Har bir saralashdan o'tgan raqib esa shubhasiz, kuchli hisoblanadi. SHunday ekan, bunday paytda kuchli tayyorgarlikkina g'alabaga zamin yaratadi.

Xabaringiz bor, vakillarimiz 20 iyul kuni Braziliyaga yo'l olishgan bo'lib, 3 avgust kuni olimpiya shaharchasiga kirishdi. Terma jamoaga San-Paolo shahridagi yig'inda 20 ga yaqin bokschilarimiz yordam berishdi. Ulardan biri Osiyo o'yinlari sovrindori Isroil Madrimovdir.

- Braziliyadan 3 avgust kuni ortga qaytib, Turkiya orqali Toshkentga 5 avgust kuni etib keldik, - deydi bokschimiz. – Braziliyadagi ikki haftalik yig'in juda yaxshi o'tdi.  Asosan, so'nggi bosqichda tezlik, texnika va taktikaga etibor qaratildi. Mashg'ulotlar kuniga bazan ikki, bazan bir mahal bo'ldi. U erda hozirda qish bo'lgani bois, ob-havo sal salqinroq. Bir so'z bilan aytganda, rosa boksbop iqlim sharoiti. Sportchilarimizning barchasi iqlimga to'la moslashib, eng yuqori sport formasiga  kelmoqda.

- Isroil, hech kimda jarohat yo'qmi?
- Bu tomondan hammasi joyida, muammo yo'q. So'nggi tayyorgarlikka aynan bizlarni jalb etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ham ularni shu kabi ko'ngilsizliklardan asrash edi. Tabiiyki, biz ularga yordam berganda ayab ishladik. Boshqa davlat vakillari bilan birga yig'in qilganda, balki, jarohatlar bo'lardi.

-  Sportchilarimizda jangovor rux bormi?
- Bor, albatta. Terma jamoamiz sardori eng yoshi ulug'imiz Elshod Rasulov jonini berib ishlaganda bu kayfiyat boshqalarga ham o'tdi. Ayniqsa,  Elshod aka bolalar sal bo'shashganini sezib, “Ha, O'zbekiston!” deya hayqirganida, hamma yangidan ishtiyoq bilan ishladi.

- Oziq-ovqat, vazn ushlashlarda  qiyinchiliklar bo'lmadimi?
- O'zbekistondan qazi-qarta kabi kaloriyalik taomlar ham olib ketgandik, ancha askotdi. Aytganimdek, ob-havo salqin bo'lgani uchun vazn tashlash yoki ushlash borasida hech qanday muammolar bo'lmadi.  

- Sizlar bilan murabbiylardan kimlar ortga qaytdi?
- Rustam aka Saidov va Nabijon aka Boymatov O'zbekmstonga qaytishdi. U erda sportchilar bilan birga murabbiylardan Marat Qurbonov, To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'zioxunov hamda Ravshan Xo'jaev qoldi.

- Xurshid Tojiboevning  ilk  janggini qanday baholaysiz?
- Juda to'g'ri taktika asosida, o'zini urintirmay ishladi. Yutayotganini bilgani uchun yarim kuch bilan harakat qildi. Hali oldinda yana bellashuvlar ko'pligini xisobga oldi.

- SHahramga ham ishonsak bo'ladimi?
- Men ham 69 kgda bo'lganim uchun G'iyosovni yaxshi bilaman. U yaxshi sport formasida. SHahramning g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi juda ham yuqori ekanini ko'rib keldim. Uning kuchli tomoni kam xato qiladi va juda katta temp bilan jang qiladi.

- Bu safargi olimpiya o'yinlarida chempionlar bo'ladimi?
- Albatta, bo'ladi. Negaki, terma jamoaning bu safargi istagi juda ham yuksak.   


Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

+1   
08 avg 15:42:46
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Boks va Dzyudodan umid juda katta. Olg'a O'zbekistonim!
   
08 avg 16:16:52
Feyajolk
ISHONCHINGNI KO'RAYLIKCHI)))
   
08 avg 15:17:41
Barca N1
Боксчиларимизга омад уладан олтин кутиб коламиз
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing