25 jan 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Las-Vegas shahrida "Matchroom Boxing" kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang kechasi doirasida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham ringga ko'tarildi. Bu safar bokschimizga Dominikan Respublikasi vakili Devid Luis Salazar raqib bo'ldi.
10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Madrimov ochkolar evaziga g'alaba qozondi. Hakamlar jang bir ovozdan 99-91 hisoblarida baholashdi.
Malumot uchun, Isroil Madrimov bungacha so'nggi ikkita jangini Terens Krouford va Virjil Ortisga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Bugungi muvaffaqiyat orqali bokschimiz yana g'alabali yo'lni boshlab oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar