28 apr 14:35
Yangiliklar
Isroil Madrimov Kanelo - Bivol jangidan qanday natija kutyapti?
Dunyo boks muxlislari kutayotgan kunlarga ham oz qoldi. 7 may kuni Kanelo - Bivol jangi bo'lib o'tadi. Ayni paytda AQSHda jamoadoshi Bivolga sparring sheriklik qilayotgan Isroil Madrimov mazkur to'qnashuv haqida gapirdi.
"Kanelo - Bivol jangini intizorlik bilan kutyapmiz. Bu jamoamiz uchun ham, men uchun ham juda muhim. CHunki Bivolga sparring sherik bo'ldim. Dmitriyning hozirgi sport formasi alo darajada. Agar jang oxirigacha davom etsa, Bivolning imkoniyatlari ortadi.
Negaki, u oyoqda ancha yaxshi harakat qiladi, bir nuqtada ushlash qiyin. Bu Kaneloga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Endi bu - boks, oldindan taxmin qilish qiyin, to'qnashuv muddatidan oldin ham yakunlanishi mumkin. Saul Alvaresning qanday kuchga ega ekanligini hammamiz bilamiz", - dedi Madrimov.
Fikrlar