19 fev 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Krouford bilan jangdan qanday foyda olganini aytdi
Super yarimo'rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov yana chempionlik kamarini qo'lga kiritish o'zi uchun qanchalik muhimligini aytdi.
— Krouford bilan jangda chempionlikni boy berdingiz. CHempionlik kamaringizni qaytarib olish siz uchun qanchalik muhim?
"Men uchun yana chempionlikni qo'lga kiritish muhim. Ammo Krouford bilan jangda o'zimni ko'rsatdim va shundan keyin ko'plab muxlislar men haqimda bilishdi. Balki bu ham men uchun katta ahamiyatga egadir", dedi Madrimov.
Malumot uchun, Ortis bilan bo'lib o'tadigan jang 22 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : Riyadh Season
Fikrlar