19 fev 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Ortis bilan jang haqida: "Mening rejam bor"
Super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq Jahon chempioni Isroil Madrimov bo'lajak raqibi Virjil Ortis haqida gapirdi.
— SHanba oqshomida sizni qiyin raqib kutmoqda — Virjil Ortis. Qanday jang kutyapsiz?
"Ha, u top darajadagi bokschi. Biz bu chorlovni Krouford bilan jangdan keyin qabul qildik - bu katta sinov. Mening rejam bor", dedi Madrimov Riyadh Season rasmiy tanishtiruvida.
Isroil va Ortis o'rtasida WBC Interim kamari uchun o'tkaziladigan jang 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar