07 avg 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov va SHahram G'iyosov ishtirokidagi janglar O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Yaxshi bilasiz, 15 avgust kuni (O'zbekiston vaqti bilan 16 avgust tongi) ikki nafar bokschimiz AQSHda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Talza shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida Isroil Madrimov amerikalik Erik Uolkerga qarshi ringga ko'tarilsa, SHahram G'iyosov meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qiladi.
Sport TV kanalining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida malum qilinishicha, mazkur jang telekanal orqali jonli efirda namoyish etiladi. Anonsda translyaciya 16 avgust tongida soat 05:00da boshlanishi elon qilingan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar