27 dek 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Virjil Ortisga qarshi bo'lgan sparringni esladi
Hamyurtimiz Isroil Madrimov bo'lajak raqibi Virjil Ortisga qarshi bo'lgan sparringni esladi.
"Aynan aytishga arzirli narsa yo'q. Bizda shunchaki yaxshi sparring bo'lgan. Ortis tezkor bokschi. O'shanda men unga navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rishga yordam bergandim. Biz tajriba almashgandik. Boshqa yana nima deyishni bilmayman", - dedi Madrimov.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida Ortisga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar