28 fev 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov: "Xudo xohlasa, chempionlik kamarini Vatanimizga olib kelaman"
Xabaringiz bor, 8 mart kuni Isroil Madrimov vakant bo'lib turgan WBA Regular kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi ringga ko'tariladi.
CHarm qo'lqop ustamiz bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"CHempionlik jangim 8 martga belgilandi. Duoda bo'lib, qo'llab-quvvatlab turinglar. Xudo xohlasa, chempionlik kamarini Vatanimizga olib kelaman", - deya fikr bildirdi Isroil.
Eslatib o'tamiz, 8 mart kungi oqshomning markaziy to'qnashuvida superog'ir vazn toifasining sobiq chempioni Entoni Joshua sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar