So’nggi yangiliklar

06:48Бугун Осиё чемпионатида оғир вазнли дзюдочиларимиздан медаллар кутамиз 0 01:43Фазлиддин Эркинбоев - Жаҳон чемпиони! 0 00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0

01 jan 15:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimovning 2024 yili!

Yakuniga etgan 2024 yil professional bokschimiz Isroil Madrimov uchun ancha omadli keldi.

Xorazmlik charm qo'lqop ustamiz mart oyida birinchi o'rta vazn toifasidagi WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Madrimov reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan rossiyalik Magomed Kurbanov (25-1, 13 KO)ni beshinchi raundda texnik nokautga uchratib, raqibiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi.

Aprel oyining oxirlarida Isroil Madrimovning uchta vaznda jahon chempioni, vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri Terens Krouford (40-0, 31 KO)ga qarshi jangi elon qilindi.

4 avgust kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tgan 12 raundlik jangda tajribali Krouford hakamlar qaroriga (116-112, 115-113, 115-113) ko'ra bahsli g'alabani qo'lga kiritdi. Ko'pchilik bokschilar va ekspertlarning fikricha, jangda Madrimov g'alaba qozongan edi. 

Isroil Madrimovning murabbiylari Terensga qarshi o'tkazilgan jangdan qoniqish hosil qilishdi. Faoliyatidagi ilk mag'lubiyatga qaramay, bokschimiz The Ring reytingida uchinchi pog'onadan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov navbatdagi jangini 22 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida super yarimo'rta vazn toifasida WBC Interim kamari sohibi, amerikalik Verjil Ortisga qarshi o'tkazadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing