08 dek 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning jangi bekor qilindi
21 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida super yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov Ukraina vakili Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi.
Biroq Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi rahbari Turki al ash-SHeyxning malum qilishicha, Madrimov o'tkir bronxit tufayli mazkur jangda ishtirok eta olmaydi.
Uning o'rnini 21 dekabr kuni angliyalik Ishmael Devis egallaydi.
Isroil esa endilikda 2025 yilning 22 fevral kuni Verjil Ortis bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar