17 jan 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning Magomed Kurbanovga qarshi chempionlik jangi qachon o'tkazilishi aytildi
Avvalroq, birinchi o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovning WBA kamari uchun jang qilishi haqida xabar bergan edik.
Rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi kechishi kutilayotgan jangning taxminiy muddati bo'yicha malumot berildi.
"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbariyati vakili Frenk Smitning so'zlariga ko'ra, Madrimov - Kurbanov chempionlik jangi fevral yoki mart oyida tashkillashtiriladi.
Aslida, hamyurtimiz 27 yanvar kuni vakant WBA kamari uchun britaniyalik Jeyms Metkalf bilan jang qilishi kerak edi, biroq Metkalf ushbu jangga rozi bo'lmagan edi.
Avvalroq, Magomed Kurbanov hamyurtimiz bilan jang haqida fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/intboxingnews
Fikrlar