07 apr 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimovning vaznida yangi chempion aniqlandi
Germaniyaning Falkenze shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida mezbon yurt vakili Jek Kulkay rossiyalik Baxram Murtazalievga qarshi ringga chiqdi.
Jang superyarim o'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun tashkil etildi. 12 raundlik bahs 11-raundda muddatidan oldin yakunlandi. Unda Baxram Murtazaliev raqibini nokautga uchratgan holda g'alaba qozondi va superyarim o'rta vaznda IBF yo'nalishi chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, ushbu vazn toifasida WBA chempionlik kamari o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovga tegishli bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar