26 iyu 19:41
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Isroillik bilan jang qilishni xohlamagan yana bir dzyudochi Olimpiadadan olindi
Sudanlik dzyudochi isroillik raqibiga qarshi tatamiga chiqishni istamadi.
Sudan mamlakatidan bo'lgan -73 kg vaznli dzyudochi Muhammad Abdalrasul Tokio Olimpiadasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Qura natijalariga ko'ra, sudanlik dzyudochi Isroil vakili Toxar Butbul bilan tatamiga chiqishi lozim edi. Ammo, sportchi buni istamadi. SHu sabab endi dzyudochiga, mamlakat dzyudo federaciyasi va Olimpiya qo'mitasiga choralar ko'rilishi mumkin.
Avvalroq, jazoirlik Fetxi Nurin ham raqibi aynan Isroil vakili bo'lgani uchun Olimpiadadan voz kechgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar