01 apr 08:42
Yangiliklar
Italiya JCH-2026`da ishtirok etmaydi, Turkiya, SHveciya va yana ikki terma jamoa yo'llanmani qo'lga kiritdi
Bosniyaliklar o'z uylarida Italiyaga qarshi bahs olib borishdi va penaltilar seriyasida omadliroq chiqib, mundial yo'llanmasiga ega chiqishdi. Italiya o'yinning katta qismini bir futbolchi kam o'tkazdi. "Skuadro Adzurro" qatorasiga uchinchi bor mundialdan chetda qolib ketadigan bo'ldi.
Bosniya va Gercegovina – Italiya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:1)
Gollar: Kin, 15 (0:1),Tabakovich, 79 (1:1).
Bosniya va Gercegovina: Vasil, Dedich, Muxaremovich, Kolashinac, Katich, SHunich, Bashich, Bayraktarevich, Memich, Jeko, Demirovich.
Italiya: Donnarumma, Manchini, Bastoni, Kalafori, Politano, Barella, Lokatelli, Tonali, Dimarko, Kin, Retegi.
Dramatik tarzda kechgan bahsda shvedlar Polshani mag'lub etishdi. Dyokereshning 88-daqiqada urgan goli SHveciyaga g'alaba va JCH-2026 yo'llanmasini taqdim etdi.
SHveciya – Polsha 3:2
Gollar: Elanga, 20 (1:0), Zalevski, 33 (1:1), Lagerbilke, 44 (2:1), Sviderski, 55 (2:2), Dyokeresh, 88 (3:2).
SHveciya: Nordfeldt, Gudmundsson, Lindelyof, Starfelt, Lagerbilke, Svensson, Nyugren, Karlstryom, Ayari, Elanga, Dyokeresh.
Polsha: Grabara, Bednarek, Visnevski, Kivyor, Kesh, Zalevski, Zelinski, SHimanski, Kaminskiy, Sviderski, Levandovski.
Qardoshlarimiz ham Jahon chempionatiga borishadi. Turkiya safarda Kosovoni Aktyurkogulining yagona goli evaziga engdi.
Kosovo – Turkiya 0:1
Gol: Aktyurkoglu, 53 (0:1).
Kosovo: Murich, Dellova, Redjbechay, Musliya, Aslani, Xayrizi, Voyvoda, Muriki, Gallapeni, Xoja, Xaydari.
Turkiya: CHakir, CHelik, Kyokchyu, Aktyurkoglu, Gyuler, CHalxanoglu, Yildiz, Bardakji, Kabak, Yuksek, Kadioglu.
CHexiya va Daniya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda ham g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda chexlarga omad kulib boqdi.
CHexiya – Daniya 2:2 (penaltilar seriyasi – 3:1)
Gollar: SHulc, 3 (1:0), Andersen, 72 (1:1), Kreychi, 100 (2:1), Xyog, 111 (2:2).
CHexiya: Kovarj, Xaloupek, Granach, Kreychi, Coufal, Zeleny, SHulc, Souchek, Darida, SHik, Provod.
Daniya: Xermansen, Bax, Nelsson, Mexle, Andersen, Yulmann, Xyoyberg, Froxoldt, Damsgor, Isaksen, Xoylund.

Fikrlar