18 dek 12:42
Yangiliklar
ITF 2025 yil qahramonlarini elon qildi
Yakkalik bahslarida Arina Sobolenko va Yannik Sinner g'alaba qozondi. Belaruslik tennis malikasi bungacha 2023 yil, italiyalik esa 2024 yilda mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida italiyaliklar Sara Errani va Jasmin Paolini, erkaklar o'rtasida esa Marsel Granollers va Orasio Sebalos jahon chempioni deb topildi. O'smirlar o'rtasida bolgariyalik Ivan Ivanov hamda amerikalik Kristina Penichkova birinchi o'rinni egalladi.
"Erkaklar va ayollar o'rtasidagi yakkalik va juftlik bahslarida jahon chempionlari mavsumning barcha natijalarini hisobga olgan holda obektiv mezonlar asosida tanlanadi. "Katta Dubulg'a" turnirlari va jamoaviy ITF jahon chempionatlari - Devis Kubogi va Billi Jin King kubogiga alohida etibor qaratilmoqda", - deyiladi tashkilot press-relizidagi xabarda.

Fikrlar