13 mar 16:05
Yangiliklar
Futbol

Iyun oyida O'zbekistonda 8ta milliy terma jamoa ishtirokida CAFA musobaqasi bo'lib o'tadi - unda Rossiya ham qatnashadi
9-21 iyun kunlari O'zbekistonda birinchi marta milliy terma jamoalar ishtirokida CAFA musobaqasi o'tkaziladi.
Mazkur musobaqada CAFA azolari O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va Afg'oniston terma jamoalari ishtirok etishadi. Rossiya terma jamoasi esa mehmon sifatida taklif etilgan. So'nggi mehmon jamoa nomi tez orada malum bo'ladi. Bu haqda Tojikiston FF matbuot xizmati xabar berdi.
8ta jamoa ikkita guruhda bo'linadi va guruhlarda birinchi o'rinni olgan ikki jamoa finalda to'qnash keladi. Guruhda ikkinchi bo'lganlar esa musobaqaning uchinchi o'rini uchun bahsda maydonga tushishadi.
Malumot uchun, 12-20 iyun FIFA kunlari hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
O’xshash yangiliklar
15:46
World Boxing uchinchi bosqichi yakunlariga ko'ra Qozog'iston bizdan o'zib keta oladimi? (Jadval) 0
Fikrlar