20 apr 04:40
Yangiliklar

Jahon chempionati. 10 nafar bokschimiz yarim finalga yo'l oldi
Kecha jahon chempionati doirasida 12 nafar o'zbekistonlik bokschi chorak final doirasida ringga ko'tarildi va ularning 7 nafari g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bungacha yana uch nafar charm qo'lqop ustamiz yarim final chiptasini naqd qilib qo'ygandi. SHu tariqa, JCH yarim finalida 10 nafar bokschimiz kurashni davom ettiradi.
Kecha hamyurtlarimiz ishtirokida qayd etilgan natijalar:
-54 kg: Nigina O'ktamova - Noppaket Srisavas (Tailand) 5:0
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva - Evelina Taimi (Finlyandiya) 5:0
-75 kg: Nurislom Ismoilov - Mixail Usov (Rossiya) 0:5
-91 kg: Amirshox Samadov - Jakub Stracevski (Polsha) 2:3
-49 kg: Ibrohim Ishjonov - Sanjar Tashkenbay (Qozog'iston) 0:5
-56 kg: Dilshod Abdumurodov - Sachin (Hindiston) 2:3
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova - Raisa Piskun (Ukraina) Bokschimiz 1-raundda raqibasini nokautga uchratdi
-52 kg: SHahzod Muzaffarov - Daiya Kira (Yaponiya) 5:0
-60 kg: Aydos Tagaybaev - Elin Orobio Siniestra (Kolumbiya) 2:3
-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva - Elida Kocharyan (Armaniston) 5:0
-69 kg: Aloxon Abdullaev - CHem Kaya (Turkiya) 5:0
-81 kg: SHohjahon Abdullaev - Delil Dadaev (Germaniya) 5:0
Fikrlar