10 may 09:26
Yangiliklar

Jahon chempionati boshlanyapti, bugun 4 nafar taekvondochimizga muxlislik qilamiz
Dunyo birinchiligining ilk kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining 4 nafar vakili medallar uchun dayanga chiqadi. Jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.
Musobaqaning ilk kunida ishtirok etadigan vakillarimiz:
Yigitlar:
37 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Sultonbek Nabiev - Nataniel Nikulay (AQSH), (11:40, 4-dayang);
61 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Biloliddin SHarofiddinov - Julio Alvares (Ekvador)/Medhat Ahmet (Misr) bahsi g'olibiga qarshi, (12:50, 1-dayang).
Qizlar:
29 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Malika Ro'zieva - Bazena CHubarava (Neytral maqomdagi sportchi), (11:20, 4-dayang);
44 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Elizaveta Li - Elizaveta Bistrova (Neytral maqomdagi sportchi), (12:30, 2-dayang).
Fikrlar