12 may 08:39
Yangiliklar

Jahon chempionati. Bugun yana to'rt taekvondochimiz medallar uchun dayanga chiqadi
Kun davomida yigitlar 45 kg, +65 kg, qizlar esa 47 va 51 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi, terma jamoamiz azolari ham. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 10:00 da boshlanadi.
Kecha dayanga chiqqan vakillarimizning ikki nafari chorak finalgacha etib borgandi. Hozircha hisobimizda bitta oltin medal bor.
Juftliklar quyidagicha:
Yigitlar:
45 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Maksim Kim - Achim Resimo (Filippin)/Markus Lam (Kanada) bahsi g'olibiga qarshi;
+65 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Dashuk Ratmir - Amin Mohammmedzade (Eron).
Qizlar:
47 kg vaznda 1/32 final bosqichi: Nozima Tangirova - Xor CHloe Spenser (Avstraliya);
51 kg vaznda 1/32 final bosqichi: Mahbuba Mo'minova - Riad Taline Velli (Falastin).
Fikrlar