So’nggi yangiliklar

15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:32"Отанг сени қиз қилиб тарбиялади" – Чимаев Стрикленднинг узун сочларини "тролл" қилди + ФОТО 0 11:11"Реал" сардори ёзда жамоани тарк этади 0 10:50Istanbul Junior European Cup. Биринчи кун иккита медаль қўлга киритдик 0 10:29Махачев Карлос Пратеснинг Жек Делла Маддалена билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0

02 avg 21:37
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jahon chempionati. Kurashchi qizlarimizdan yana ikkita medal!

Teglar :  Sport kurashlari
Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun qizlar kurashida barcha vazn toifalari bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Etiborlisi, ushbu kun dasturida yana 2 nafar vakilimiz shohsupaga ko'tarildi.

Har 2 kurashchimiz bronza medali bilan taqdirlanishdi. Ayniqsa, opa-singil Mushtariy hamda Sitora Tolipbekovalarning sovrindor bo'lgani ularning va o'zbek sporti oilasi uchun chinakam bayramga aylandi. Afsuski, -61 kilogramm vazn toifasida Layloxon Sobirova bronza medali uchun kechgan kurashda amerikalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.

-40 kg: Mushtariy Tolipbekova – Alina Kurilenka (Belarus) 4:2
-46 kg: Sitora Tolipbekova – Serena Di Benedetto (Kanada) 10:0
-61 kg: Layloxon Sobirova – Kayli Velker (AQSH) 0:3

Takidlash joiz, bu yosh toifasidagi jahon chempionatlarida O'zbekiston terma jamoasi qizlar kurashi bo'yicha hali bunday muvaffaqiyatli ishtirok etmagan. Sofiya musobaqasi qo'lga kiritilgan 3 ta bronza medali bilan yodda qoladigan bo'ldi. Malumot uchun, bungacha 2015 yilgi dunyo birinchiligida SHahodat Jo'llibaeva mazkur yosh toifasida bronza medali bilan taqdirlangan xolos.

Eslatib o'tamiz, kecha Rushana Abdurasulova -65 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'lgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing