11 avg 16:52
Yangiliklar
Jahon chempionati. Nechta davlat qancha medal oldi?
Unda dunyoning 67ta mamlakatidan 850 nafarga yaqin sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.
Toshkentdagi Jahon chempionatida 28ta davlat sportchilari kamida bitta medal olishdi. 40ga yaqin mamlakat taekvondochilari esa uyga medalsiz qaytishdi. Eng ko'p medalni eronliklar qo'lga kiritishdi - 13ta. Rossiyalik taekvondochilar esa 10ta medalga ega chiqishdi. Xitoy Taypeilik sportchilar 7 marta shohsupaga ko'tarilishdi, Tailand hamda Janubiy Koreya hisobida 6tadan medal bor.
O'zbekiston terma jamoasi esa o'z uyidagi musobaqada 2ta medalni qo'lga kiritdi.
Ushbu Jahon chempionatida o'zbek taekvondosi tarixida yangi sahifa ochildi. Yani o'zbekistonlik taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatida hech qachon finalga chiqmagan edi. -41 kg vazn toifasida hamyurtimiz Zafarbek Karimov barcha raqiblarni mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Musobaqa yakunida aynan u Jahon chempionatida eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi.
-33 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muhammadamin Aliev esa yarim finalga qadar etib bordi. Afsuski u final ostonasida bo'lajak Jahon chempioniga mag'lub bo'ldi va yurtimiz hisobiga bronza medalini keltirdi.
O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar