So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

10 avg 15:30
Yangiliklar

Taekvondo

Jahon chempionati. O'zbekistonlik taekvondochilar qanday natija ko'rsatishdi?

Toshkentda o'tgan taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda, 20 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Taekvondochilarimiz ushbu musobaqada bitta oltin va bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi. -41 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Zafarbek Karimov barcha raqiblarni mag'lub etib oltin medalga ega chiqdi. Oldingi Jahon chempionatlarida sportchilarimiz hech qachon finalga chiqa olishmagandi. SHu tariqa Zafarbek kadetlar o'rtasida Jahon chempioni bo'lgan birinchi o'zbekistonlik taekvondochi bo'ldi. -33 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muhammadamin Aliev esa yarim finalga qadar etib bordi. Afsuski u final ostonasida bo'lajak Jahon chempioniga mag'lub bo'ldi va yurtimiz hisobiga bronza medalini keltirdi.

 To'rt nafar taekvondochimiz Mubina Mamurjonova, Laylo Zayniddinova, O'g'iloy Ibragimova va Kseniya Smirnova Jahon chempionatini chorak finalda to'xtatishga majbur bo'lishdi.  12 nafar sportchimiz 1/8 final, yana ikki taekvondochimiz esa musobaqani 1/16 finalda yakunlashdi. 

Oldingi uchta Jahon chempionatida O'zbekistonlik taekvondochilar jami 7ta bronza medaliga ega chiqishgandi. SHunday qilib, bugungi kunga kelib kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatida yurtimiz sportchilarining jami medallari soni 9taga etdi. Ulardan bittasi oltin, qolgan 8tasi bronza medallaridir. 

Kim qaysi bosqichga etib bordi? 

Oltin medal 

Zafarbek Karimov (-41 kg) 


 Bronza medal 

Muhammadamin Aliev (-33 kg) 


CHorak final  

Mubina Mamurjonova (-51 kg) 

Laylo Zayniddinova (-41 kg) 

O'g'iloy Ibragimova (-37 kg)  

Kseniya Smirnova (+59 kg)  


 Nimchorak final  

Abdulaziz Ahramov (-65 kg)  

Mahsud Maratov (+65 kg)  

SHabona Abduvalieva (-29 kg)  

Aynur Umirzakova (-33 kg)  

Samandar Hamdamov (-53 kg)  

Sitora Muhammad G'ulom Rasul (-47 kg)  

Nazarali Nazarov (-45 kg)   

Marjona Xudoyqulova (-44 kg)

Madina Nurullaeva (-55 kg)  

Omina Botirova (-59 kg) 

Oyatulloh Akramov (-49 kg) 

Rasul Turdimuratov (-61 kg) 


 1/16 final 

Muhammadamin Nematjonov (-57 kg) 

Abror O'lmasov (-37 kg)


 O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing