23 apr 19:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. SHahzod Muzaffarov - jahon chempioni!
Polshada boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqada -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHahzod Muzaffarov hal qiluvchi final jangini rossiyalik Evgeniy Jorovga qarshi o'tkazdi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Bu orqali Muzaffarov yoshlar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi va oltin medalga sazovor bo'ldi!
Birozdan so'ng +91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Jahongir Zokirov oltin medal uchun armanistonlik raqibga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, hozircha yigitlarimizdan Aloxon Abdullaev va SHohjahon Abdullaev bronza medalini qo'lga kiritishgan.
Qizlarimiz esa jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar