So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

07 iyu 09:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jahon chempionati shu yilning o'zidayoq o'tkaziladi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Ijroiya qo'mitasi shu yil sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati o'tkazilishini malum qildi.

UWW qabul qilgan qarorga ko'ra, kattalar o'rtasidagi jahon chempionati 2020 yilning 12-20 dekabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida bo'lib o'tadi. Bu musobaqadan avvalroq, aniqrog'i 4-10 dekabr kunlari oralig'ida aynan Belgrad o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatini ham qabul qiladi. 

Ijroiya qo'mita ikkita musobaqaning bir shaharda o'tkazilishi koronavirus bilan kasallanish ehtimolini kamaytiradi, degan fikrni ilgari surmoqda. SHu sababdan ham o'smirlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari Serbiya poytaxtida o'tkazilishi taminlandi. 

2020 yilning qolgan qismi uchun taqvim:

Kadetlar o'rtasidagi Evropa chempionati - 5-11 oktyabr, Polsha

O'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionati - 19-25 oktyabr, Skope (Makedoniya)

23 yoshgacha kurashchilar o'rtasidagi jahon chempionati - 23-29 noyabr, Tampere (Finlyandiya).

UWW Ijroiya qo'mitasi xalqaro mavsum restarti uchun rejalarni ishlab chiqdi va tasdiqladi. Unda asosiy etibor sportchilar va boshqa ishtirokchilarning sog'lig'i hamda xavfsizligini taminlash, COVID-19 bo'yicha barcha chora-tadbirlarga amal qilish masalalariga qaratilgan. Musobaqaga yaqin mezbon davlatdagi koronavirus bilan bog'liq holatga qarab qabul qilingan mezonlarga o'zgartirish kiritilishi mumkin.  

SHuningdek, o'tkaziladigan barcha turnirlar UWW qabul qilgan qoidalarga mos kelishi hamda musobaqa startidan ikki oy oldin tasdiqlanishi shart. Jahon va qita chempionatlarida 10 tadan kamida 8 ta kuchli jamoalarning ishtiroki taminlanishi hamda o'tgan yilgi umumiy qatnashchilar soni 70 foizdan kam bo'lmasligi shart.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing