So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

06 may 14:52
Yangiliklar

Futbol

Jahon chempionati yakuniy tarkiblari qachon elon qilinadi va undan necha nafar futbolchi o'rin oladi?

Teglar :  JCH-2026
JCH-2026 tarkiblari haqidagi barcha malumotlar, jumladan, dastlabki tanlov va yakuniy qaydnomani topshirishning so'nggi muddati haqida shu erda bilib oling.

Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni shakllantirish har doim qiyin vazifa bo'lib kelgan. Yo'llanmani qo'lga kiritgan mamlakatlarning murabbiylar shtabi o'z jamoasiga eng yuqori darajada harakat qilishga yordam beradigan eng yaxshi o'yinchilarni tanlab olish uchun musobaqadan oldingi haftalar va oylar davomida tinimsiz mehnat qilishadi.

JCH-2026 turnirida har bir jamoa tarkibida 26 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tishiga ruxsat beriladi – bu Qatar mezbonlik qilgan 2022 yilgi musobaqadagi ko'rsatkich bilan bir xil. JCH-2026 tarkiblari haqida bilishingiz kerak bo'lgan barcha malumotlarni quyida o'qishingiz mumkin.

Jahon chempionati tarkiblari qachon elon qilinadi? FIFA 2 iyun, seshanba kuni musobaqada ishtirok etadigan 48 ta jamoaning 26 kishilik rasmiy qaydnomalarini elon qilishni rejalashtirmoqda.

Har bir tarkibda nechta futbolchiga ruxsat beriladi?

  • Dastlabki ro'yxat: Ishtirokchi associaciyalar dastlab FIFAga 35 tadan 55 tagacha bo'lgan futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkibni taqdim etadi, ulardan to'rt nafari darvozabon bo'lishi shart. Ushbu dastlabki ro'yxat faqat ichki maqsadlar uchun ishlatiladi va FIFA tomonidan omma etiboriga elon qilinmaydi.

  • Yakuniy ro'yxat: Associaciyalar FIFAga 23 tadan 26 tagacha o'yinchini o'z ichiga olgan (ulardan kamida uch nafari darvozabon bo'lishi shart) yakuniy tarkibni taqdim etadi.

  • Istisno holatlar: Yakuniy qaydnomadagi o'yinchi faqatgina jiddiy jarohat yoki kasallik tufayli, o'z jamoasining JCH-2026 musobaqasidagi birinchi o'yiniga kamida 24 soat qolgandagina dastlabki ro'yxatdagi boshqa o'yinchiga almashtirilishi mumkin.

Yakuniy tarkibdagi darvozabon musobaqa davomida istalgan vaqtda jiddiy jarohat yoki kasallik sababli dastlabki ro'yxatdagi boshqa darvozabon bilan almashtirilishi mumkin.

Milliy terma jamoalarga o'z tarkiblarini istalgan vaqtda elon qilishga ruxsat beriladi, ammo ular 2 iyun kuni FIFA tomonidan tasdiqlanmaguncha rasmiy hisoblanmaydi.

Jahon chempionati tarkiblari tarixi 1930 yildan to 1998 yilgacha jamoalarga o'zlarining yakuniy qaydnomalariga 22 nafar o'yinchini kiritishga ruxsat berilgan. Koreya va Yaponiya mezbonlik qilgan 2002 yilgi musobaqada bu ko'rsatkich 23 nafarga oshirildi va to 2022 yilgi Qatar turnirida tarkib hajmi 26 nafarga kengaytirilgunga qadar o'zgarishsiz qoldi.

JCH-2026 uchun futbolchilarning o'z vaqtida terma jamoa ixtiyoriga yuborilishini taminlash maqsadida FIFA quyidagi muddatlarni belgilab qo'ydi:

a) JCH-2026 uchun futbolchilarning dam olishi, tayyorgarlik ko'rishi va klublari tomonidan majburiy qo'yib yuborilishi davri ular o'z klublari safidagi so'nggi rasmiy o'yinini o'tkazgan kunning ertasiga – 2026 yilning 25 may kunidan boshlanadi.

b) Majburiy qo'yib yuborish qoidasidagi istisnolar konfederaciyalarning klublar miqyosidagi musobaqalari finalida ishtirok etayotgan futbolchilarga nisbatan qo'llaniladi. Bunga FIFA ruxsati bilan 2026 yil 30 maygacha bo'lgan muddatdagi (shu kuni ham) o'yinlar kiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing