22 apr 21:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. Yana bir bokschimiz final jangini o'tkazdi
Polshada boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda. Bugun musobaqa doirasida qizlar o'rtasida final janglari bo'lib o'tmoqda.
Xabar berib o'tganimizdek, -64 kg vaznli bokschimiz Mohinabonu Abdullaeva barcha raqibalarini mag'lub etgan holda finalgacha etib keldi. Hal qiluvchi jangda u rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi to'qnash keldi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu orqali, Mohinabonu jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Avvalroq boshqa bir bokschi qizimiz Nigina O'ktamova (-54 kg) jahon chempionatining oltin medali sohibasiga aylangandi.
SHu tariqa, bokschi qizlarimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan tugatadigan bo'lishdi.
Ertaga o'g'il bolalar o'rtasida final janglari tashkil etiladi.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar