So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

28 may 18:22
Yangiliklar

Futbol

"Jahon chempionatida butun vujudim bilan O'zbekistonga muxlislik qilaman" - serbiyalik sobiq futbolchi

Teglar :  Boyan Milodinovich
O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga taraddudni davom ettirmoqda.

Biz esa taniqli futbol mutaxassislari, sobiq futbolchilar bilan fikrlar almashishda davom etamiz. O'z vaqtida "Paxtakor" safida ajoyib o'yinlari bilan etirof qozongan Boyan Miladinovich O'zbekiston terma jamoasi haqida gapirdi.

“O'zbekiston terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan chin qalbdan tabriklayman. Butun o'zbek xalqi uchun bu ulkan g'urur va faxrdir. Mening fikrimcha, "oq bo'rilar" mazkur turnirning haqiqiy kashfiyotiga aylana oladi. Musobaqa juda qiyin o'tishi aniq, biroq O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari o'z mahoratlarini ko'rsatib, guruhdan chiqa olishlariga ishonaman.

Fabio Kannavaroni dunyo futbolida hamma yaxshi taniydi. U o'z vaqtida yuqori saviyada to'p tepgani bois, bugungi kunda qo'lostidagi shogirdlarinijuda yaxshi tushunadi va boy tajribasidan kelib chiqib tayyorlayapti. Yigitlar vatan shanini xalqaro maydonda munosib himoya qila olishadi deya olaman.

So'zim yakunida barcha o'zbek xalqini Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. O'zbekiston terma jamoasining g'alabalari uchun hamisha duodaman.

Debyutant jamoa uchun eng muhimi — mamlakat nufuzini munosib himoya qilish. Hech narsadan qo'rqmaslik kerak, chunki O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari eng yaxshilaridandir. Yigitlar maydonda butun borlig'ini berib o'ynashlari talab etiladi. Ushbu musobaqada o'zbek futbolining haqiqiy mahoratini ko'rsatish zarur. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman. O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va vice-prezident Odil Ahmedov futbolchilarga nima deyish va ularni qanday ruhlantirishni juda yaxshi bilishadi. Bu galgi mundialda Serbiya qatnashmayotgani bois, butun vujudim bilan O'zbekistonga muxlislik qilaman. Jamoa bilan birga g'alabada quvonaman, mag'lubiyatda kuyaman. Ishonaman, yigitlar muxlislarni xursand qila olishadi”, – dedi Miladinovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing