28 apr 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionatida jarohat olgan 19 yoshli bokschi vafot etdi
19 yoshli iordaniyalik bokschi Rashid Al-Svaysat jahon chempionatida jarohat olganidan so'ng o'n kun o'tib vafot etdi.
16 aprel kuni Al Svaysat Estoniya vakili Anton Vinogradovga qarshi ringga ko'tarildi va uchinchi raundda o'zini yomon his qilib, ringga yiqilgandi. SHundan so'ng Polsha shifoxonalaridan birida bokschining boshini operaciya qilishdi, biroq jarohlik amaliyotidan o'n kun o'tib iordaniyalik bokschi vafot etgani malum qilindi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar