10 iyu 16:01
Yangiliklar
Jahon chempionatida medal qo'lga kiritgan davlatlar 21 taga etdi + JADVAL
Tokio Olimpiadasi oldidan o'tkazilayotgan so'nggi IJF musobaqasining to'rtinchi kungi bellashuvlaridan so'ng jahon chempionatining kamida bitta medalini qo'lga kiritgan davlat terma jamoalari soni 21 taga etdi. Jadvalning 22-pog'onasidan 3 ta 5-o'rin bilan O'zbekiston terma jamoasi bormoqda va umid qilamizki, bizda hali medallar bo'ladi.
Hamon Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta ustunlik bilan etakchilik qilmoqda. Dzyudo vatani vakillari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib ulgurishdi.
Bitta oltin va 1 ta kumush medaliga ega Gruziya ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka 1 tadan oltin va bronza medali bilan Rossiya terma jamoasi yakun yasagan. Franciya, Belgiya va Kanada terma jamoalari safida ham bir nafardan jahon chempioni bor.
Fikrlar