So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

15 jan 16:48
Yangiliklar

Tadbirlar

Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik sportchilar 12 000 AQSH dollari bilan taqdirlandi

Bugun, 15 yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida sovrindor bo'lgan sportchilarimiz hamda ularning trenerlarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, sportchilar, murabbiylar, sport jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, Prezidentning yoshlar, fan, talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to'g'risida”gi Farmoyishni o'qib eshittirdi. Sportchi va murabbiylarni o'tgan yildagi g'alabalar bilan tabriklab, oldinda katta marralar turganini, ularni egallash uchun butun kuch va imkoniyatni ishga solish lozimligini takidladi.

Farmoyishga ko'ra, jahon chempionatining oltin medali sohiblari 12000, kumush medal sovrindorlari 6000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 3000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi. O'z navbatida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan shogirdi chempion bo'lgan murabbiyga 6000, vice-chempionlarni etishtirib chiqargan murabbiylarga 3000 va  shogirdi bronza medalga ega chiqqan murabbiylariga esa 1500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli topshirildi.  

SHuningdek, tadbirda 1-10 noyabr kunlari kattalar o'rtasida Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida 102 kilogrammgacha vazn toifasida dast ko'tarishda jahon rekordini yangilab, oltin medal bilan taqdirlangan, yoshlar o'rtasida jahon va Osiyo chempionatlarida muvafaqqiyat qozongan 2018 yilda “Yilning eng yaxshi sportchisi” O'zbekiston Milliy kubogi sohibi deb topilgan Akbar Jo'raevga belgilangan namunadagi guvohnoma hamda 10 000 (o'n ming) AQSH dollari miqdoridagi pul mablag'i bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbirda O'zbekiston terma jamoasi azolari og'ir atletikachi Akbar Jo'raev, yunon-rum kurashchisi Elmurat Tasmuradov, og'ir atletika bo'yicha murabbiy Farxod Mirzajanov so'zga chiqishdi.

Malumot uchun, Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan yunon-rum kurashi va erkin kurash sport turlari bo'yicha 2018 yilning 20-28 oktyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida Elmurat Tasmuratov -63 kg vazn toifasida kumush medalni va Bekzod Abdurahmonov -74 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan edi.

2018 yilning 1-10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'tkazilgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida esa Akbar Jo'raev (-102 kg) oltin, Doston Yoqubov (-67 kg) kumush, Ruslan Nurudinov (-109 kg) bronza va Rustam Jangabaev (-109 kg) ikkita bronza (siltab ko'tarish va ikki kurash bahslarida) medaliga sazovor bo'lgan edi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing