So’nggi yangiliklar

08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0

25 apr 04:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan bokschilarimiz O'zbekistonda tantanali kutib olindi + FOTO

Teglar :  BoksPolsha
Xabar berib o'tganimizdek, 13-23 aprel kunlari Polshaning Kelce shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Unda o'zbekistonlik yosh bokschilar ham ishtirok etib, 10 ta medalni qo'lga kiritishdi. 

Quvonarlisi, mazkur jahon chempionati o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi. Yani, -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigina O'ktamova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratgan holda, o'zbek bokschi qizlari ichida ilk marotaba jahon chempioniga aylandi. Bungacha qizlarimiz xech qachon jahon chempionatida bunday natija qayd eta olishmagandi. Yigitlarimiz ichida esa SHahzod Muzaffarov (-52 kg) va Jahongir Zokirov (+91 kg) oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Jahon chempionati qahramonlari bugun tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Kutib olish marosimiza O'zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, sportchilarimizning yaqinlari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing