12 iyu 18:02
Yangiliklar

Jahon chempionatiga qura tashlandi, dzyudochilarimiz ilk raqiblarini bilib olishdi
Dunyo birinchiligida 93 davlatdan jami 556 (294 erkak, 262 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida to'liq tarkibdagi O'zbekiston terma jamoasi ham bor.
Biroz avval jahon chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkazilib, dzyudochilarimiz ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-60 kg: Bahrom Boturov – Ariunbold Enhtayvan (Mo'g'uliston) / Maksimilyan Heyder (Germaniya)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov – Hekim Agamammedov (Turkmaniston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Erbol Abasbekov (Qirg'iz Respublikasi)
-73 kg: SHahram Ahadov – Lavjargal Anhzaya (Mo'g'uliston) / Aron Jabo (Vengriya)
-81 kg: Arslonbek Tojiev – Antonio Espozito (Italiya)
-90 kg: Nurbek Murtozoev – Remi Feuillet (Mavriki)
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov – Kornelius Eytertsen (Norvegiya)
+100 kg: Alisher Yusupov – Mbangnik Ndiaye (Senegal)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Yur Speykers (Niderlandiya)
QIZLAR
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Vong Ka Li (Gonkong) / Lois Petit (Belgiya)
-48 kg: Laziza Haydarova – SHirin Bukli (Franciya)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova – Tatum Kin (Buyuk Britaniya)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova – Ilay Hayun (Isroil)
-57 kg: SHukurjon Aminova – Marta Favaz (Franciya)
-63 kg: Marjona Nurulloeva – Sabina Gerchak (Vengriya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Liao YU-Jung (Xitoy Taypeyi)
-78 kg: Marjona Ko'chimova – Lianet Kardona (Kuba)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Erika Simonetti (Italiya)
Fikrlar