10 noy 11:38
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov PWL 10 turnirida turkiyalik raqibidan ustun keldi
Moskvada (Rossiya) joylashgan "Dinamo" voleybol arenasida Professional kurash Ligasining PWL 10 turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada o'zbekistonlik yunon-rum kurashchisi, Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov ham ishtirok etib, Turkiya vakili Kerem Kamal bilan bahs olib bordi.
Jangda Xalmaxanov Evropa chempionini 8:1 hisobida dog'da qoldirdi.
Takidlash joiz, Aytjan faoliyati davomida hozirga qadar yunon-rum kurashi bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar toifasida Jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar