20 jan 21:21
Yangiliklar

Jahon chempioni bo'lgan o'zbek bokschisi kamida 100 ming dollar ishlab olishi mumkin
"Jahon chempionlari 100 ming dollardan pul olishadi. Kumush medalga 50 ming, bronza medaliga esa 25 ming dollardan beriladi", - dedi Kremlyov.
Hozircha ushbu pullar qaysi jahon chempionati uchun berilishiga aniqlik kiritilmagan.
Malumot uchun, 2021 yilgi jahon chempionati Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning sentyabr oyida Ekaterinburgda o'tkazilgan jahon chempionatida SHahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov oltin, Dilshodbek Ro'zmetov kumush va Bobousmon Baturov bronza medaliga sazovor bo'lgandi. Bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishganidan so'ng "Prezident sovg'asi" sifatida avtomashinalar, hukumat tomonidan pul mukofoti, shuningdek viloyat hokimlari tomonidan sovg'alar berilgandi.
Fikrlar