17 mar 11:18
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jahon kurashi yulduzlaridan biri Akjol Mahmudov Toshkentda "jang" o'tkazadi
O'n kundan so'ng, aniqrog'i, 27 mart sanasida Toshkent shahrida sport kurashlari bo'yicha PWL 11 turniri o'tkaziladi.
Turnir doirasida qirg'izistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari sovrindori Akjol Mahmudov ham ishtirok etadigan bo'ldi.
Unga 82 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashi bellashuvida Yaponiya vakili, Olimpiada g'olibi Nao Kusaka raqib bo'ladi.
Sportchilar hozirga qadar turli musobaqalar doirasida ikki marotaba to'qnash kelgan, ularning birida Akjol, yana birida esa Kusakaning qo'li baland kelgan.

Havola :
Manba : instagram.com/wrestliga_com
Fikrlar