So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

10 may 18:10
Yangiliklar

Velosport

Jahon velosportining yaqin o'tmishdagi mashhur yulduzi Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga tashrif burdi

Teglar :  Velosport
Kuni kecha O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi taklifiga binoan mashxur velosipedchi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga etib keldi. Asli o'zbekistonlik bo'lgan Abdujabborov 1964 yil 28 fevralda Toshkentda tug'ilgan.


Professional sportchilik faoliyati davomida velosport olamining eng nufuzli musobaqalari - "Tur de Frans" poygasining 9-bosqichi, Italiyada o'tkaziladigan "Djiro d' Italiya" musobaqasi 1-bosqichi, "Vuelta"ning 7-bosqichi, Jahon velopoygasi 5-bosqichlarida zafar quchgan. 

O'z vaqtida “Toshkentlik terminator” nomi bilan mashhur bo'lgan hamyurtimiz shuningdek, nufuzli bir kunlik velopoygalarning ko'p bora sovrindori, "Tur de Frans" musobaqalarida 1991, 1993, 1994-yillarda ochkolar bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan, 1994-yilgi "Djiro d'Italiya" hamda 1992-yilgi "Vuelta" ko'pkunlik poygalarida sovrindor bo'lgan. U o'z vaqtidan dunyoning velosiped sporti bo'yicha eng yaxshi sportchilaridan biri bo'lgan. 

Jamoliddin Abdujabborov katta sportdagi faoliyati davomida "Alfa Lyum" (1990), "Karrera" (1991 - 1992), "Lyampre" (1993), "Polti" (1994), "Novelli" (1995), "Refin" (1996), "Lotto" (1997) kabi professional jamoalar tarkibida ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Professional sportdagi faoliyatini 1997 yilda yakunlagan. 

Yurtdoshimiz hozirda ham dunyo velosipedchilari, sport murabbiylari va sport ixlosmandlari o'rtasida katta obro'ga ega, hozirda uning murabbiy sifatidagi xizmatlariga dunyoning ko'pgina davlatlarida qiziqish bor. Uni sportning ushbu turi bo'yicha etuk analitik mutaxassis sifatida hurmat qilishadi. 

Poytaxtimizga uyushtirgan tashrifi davomida Jamoliddin Abdujabborov Milliy olimiya qo'mitasida ham mehmon bo'ldi. Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov bilan uchrashuv davomida Abdujabborov O'zbekistonda velosiped sporti taraqqiyotiga hissa qo'shish, mamlakatimiz bo'ylab iqtidorli bolalarni aniqlash, terma jamoalar uchun selekciya ishlarini kuchaytirish, ularni xalqaro musobaqalarga olib chiqish, bir so'z bilan aytganda mamlakatimizda velosportni yanada rivojlantirish borasida o'z yordamini ayamasligi malum qildi.


SHuningdek, bu borada O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi bilan bevosita hamkorlik qilish taklifini kiritdi. O'z navbvatida Oybek Omilovich mashhur sport yulduziga bunday taklif uchun minnatorchilik izhor etib, o'zaro hamkorlik har tomonlama foydali bo'lishi va bu eng avvalo yurtimizda velosiped sportini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga zamin yaratishini takidlab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
11 may 08:29:03
Husniddin Mirzaliyev
Shu insonni o'zbek velosportiga murabbiy qilib olib kelish k. o'sish bo'ladi menimcha
   
10 may 18:24:28
Ангрен
Хозирда кайси давлат фукороси хисобланади? Маълумотлар тулик эмас..
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing