12 may 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Rasulov RCC Gran-prisi 1/2 finalida jang qiladi + POSTER
O'zbekistonlik professional bokschi Jahongir Rasulovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
29 yashar charm qo'lqop ustamiz 23 may kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahridagi RCC Boxing Academy majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi.
Rasulovga o'sha kuni rossiyalik Magomednuri Magomedov raqiblik qiladi. Jang RCC Gran-prisi yarim finali doirasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Jahongir Rasulov faoliyati davomida hozirgacha 10 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Magomednuri Magomedov hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta durang boor.

Havola :
Manba : RCC Boxing
Fikrlar