26 may 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Rasulov RCC Gran-prisi finaliga yo'l oldi
Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida joylashgan RCC Boxing Academy majmuasida prof boks oqshomi o'tkazildi.
Musobaqada o'zbekistonlik professional bokschi Jahongir Rasulov yarim o'rta vazn toifasida RCC Gran-prisi yarim finalida ringga ko'tarildi.
Rossiya vakili Magomednuri Magomedovga qarshi kechgan 8 raundlik jang to'liq davom etdi va yakunda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Endi Jahongir RCC Gran-prisi finalida boshqa bir rus bokschisi — Aleksandr Ziryanovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar