23 apr 22:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahongir Zokirov jahon chempionatida O'zbekistonga uchinchi oltin medalni taqdim etdi
Polshada boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida +91 kg vaznli bokschimiz Jahongir Zokirov finalda armanistonlik Ovanes Papazyanga qarshi jang qildi va raqibini uchinchi raundda nokaut qilishga erishdi!
Eslatib o'tamiz, avvalroq -52 kg vaznli SHahzod Muzaffarov finalda rossiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'lgandi.
SHu tariqa, O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ushbu JCHdagi oltin medallari soni uchtaga etdi. Kecha qizlar o'rtasida -54 kg vaznli Nigina O'ktamova terma jamoamizga dastlabki oltin medalni taqdim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar