05 iyu 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Zokirov Zuffa Boxing'dagi ilk jangini mag'lubiyatsiz bokschiga qarshi o'tkazadi
Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Jahongir Zokirov 28 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi The Chelsea at the Cosmopolitan arenasida tashkil etiladigan Zuffa 8 turnirida ishtirok etadi.
Malum bo'lishicha, musobaqa doirasida og'ir vaznli Zokirov amerikalik Zachariy Spiller bilan jang qiladi.
Spiller professional boksda 5 ta jang o'tkazgan va barchasida g'alabaga erishgan. G'alabalarining 4 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan.
Jahongir esa prof ringda bitta jang o'tkazgan va nokaut bilan g'alaba qozongan.

Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar