So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

03 avg 13:33
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jaloldinov Jahon chempionati kumush medali sovrindori, Ulug'bek Rashitov bugun oltin uchun gilamga chiqadi

Greciya poytaxti Afina shahri sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U17) o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyo birinchiligining navbatdagi kuni erkin kurashchilar o'zaro bellashishdi. Kechagi kun O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan erkin kurashchimiz Abdumalik Jaloldinov jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi. Finalgacha mag'lubiyatsiz etib kelgan Abdumalik oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda yaponiyalik Jinnosuke Okonogiga bir ochko farqi bilan 4:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Kechagi saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib olgan erkin kurashchilarimiz bugun medallar uchun gilamga chiqishadi. -51 kg vazndagi polvonimiz Ulug'bek Rashitov finalda AQSH vakili Samuel Sanchezga qarshi oltin medal uchun bahs olib boradi. Yana ikki kurashchimiz Mirjalol Mukammilov (-45 kg) va Farruhbek Jumanazarov (-71 kg) bronza medali uchun kurashadi. Ularning raqiblari o'tish bellashuvida aniqlanadi. 

Jahon chempionati medallari uchun kechadigan bugungi bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing