14 apr 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Jalolovning vaznidagi istiqbolli bokschilardan biri - Mozes Itaumaning navbatdagi jangi elon qilindi
Superog'ir vazndagi angliyalik prof bokschi Mozes Itauma (11-0, 9 KO)ning keyingi jangi bo'yicha xabar berildi.
U hamkorlik qiladigan navbatdagi Queensberry Promotions kompaniyasining malum qilishicha, Itauma amerikalik 41 yoshli Mayk Balogan (21-1, 16 KO) bilan jang qiladi.
Ushbu jang 24 may kuni SHotlandiyaning Glazgo shahrida bo'lib o'tadi. So'nggi jangida Mozes Itauma Dempsi MakKinni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Malumot uchun, super og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : Queensberry Promotions
Fikrlar