07 dek 11:37
Yangiliklar
Dzyudo
Jami 34 medal, shundan 16 tasi oltin... Hafta qahramonlari munosib tarzda kutib olindi FOTOREPORTAJ
Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o'tgan dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz delegaciyasi yurtimizga qaytib keldi.
Biroz avval Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, Mudofaa vazirligi va federaciya vakillari, murabbiylar, dzyudochilarning ota-onalari hozir b`lishdi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlarimiz 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, yoshlarimiz esa 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami umumiy hisobda 34 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni band etishgandi. To'rt kun davomida Bayrutda 16 marotaba O'zbekiston madhiyasi yangragandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar