03 may 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Jamshid Najmiddinov navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettiryapti
Professional bokschimiz Jamshid Najmiddinov navbatdagi jangini ham AQSHda o'tkazadi.
Avval xabar berganimizdek, charm qo'lqop ustamiz 14 may kuni amerikalik CHarlz Xetliga qarshi USNBC kamari uchun ringga ko'tariladi. Ayni paytda bokschimiz bo'lajak jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Malumot uchun, Najmiddinov shu kungacha prof boksda 20 ta jang o'tkazib, ularning 18 tasida g'alaba qozongan. Ikki marotaba imkoniyatni boy bergan. Xetli esa 33 marotaba ringga ko'tarilib, 30 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U mag'lubiyatlaridan birini 2017 yilda Jermell CHarlodan qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar