16 okt 09:11
Yangiliklar

Jamshidbek Najmiddinov AQSHda taroziga chiqdi + FOTO
CHarm qo'lqop ustamiz Bruklin shaharchasidagi Barclays Center arenada o'tadigan boks kechasida Uill Maderaga qarshi ringga ko'tariladi. Kecha tunda bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Jamshid ham, uning raqibi ham belgilangan vazn meyorini bajarishgan.
Malumot uchun, Najmiddinov shu kungacha prof ringda 18 ta jang o'tkazgan va ularning 17 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). Bitta jangda ukrainalik sobiq jahon chempioni Viktor Postolga hakamlarning xatosi bilan imkoniyatni boy bergan. Kievda o'tgan jangda Najmiddinov nomdor raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirgan bo'lsa-da, yakunda hakamlar Postolning g'alabasini elon qilishgandi.
Uill Madera esa shu kungacha prof ringda 20 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 16 tasida zafar quchgan (9 tasi nokaut bilan). Bitta jangda nokaut evaziga mag'lub bo'lgan. Qolgan 3 ta jang durang natija qayd etilgan.
Fikrlar