10 apr 04:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Jangga bir kun qolganida Nursulton Ro'ziboevning raqibi o'zgardi
Bugun taniqli MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ro'ziboev (34-8-2) Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida WEF Global tomonidan tashkil etilayotgan MMA oqshomida oktagonga ko'tariladi. Jangga bir kun qolganida Nursultonning raqibi o'zgardi.
Rossiyaga reyslar bekor qilingani bois, braziliyalik Kleber de Souz Silva (20-13-1) Sankt-Peterburgga etib kela olmadi. Tashkilotchilar Ro'ziboevga Kleberning o'rniga raqib topib berishdi. Bugun u belaruslik Pavel Basatskiyga qarshi oktagonga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev so'nggi jangini 19 fevral kuni Luchiano Kontiniga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar