So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

03 apr 13:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Jangi bekor bo'lgan Emelyanenkoga yangi raqiblar taklif etildi

Rossiyalik taniqli aralash yakkakurash ustalari Aleksandr Emelyanenko hamda Vyacheslav Dacik o'rtasidagi jangning bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

Ural FC ligasida o'tkazilishi kutilgan ushbu revansh jangi Dacikning jarohati sabab bekor qilingandi. Emelyanenkoning menejeri Nikita Burchakning xabar berishicha, Dacikning o'rniga boshqa raqib topilgan. 

"Bizda Ural FC ligasi bilan o'ziga xos kelishuvimiz bor. Yani, bu kabi holatlarda boshqa ligalarda ham jang o'tkaza olamiz. Bizda variantlar etarli - Aleksey Oleynik, Vitaliy Minakov. Ular katta nom va munosib raqiblar. Men Aleksandr bilan gaplashdim, u ACA ligasi chempioni Evgeniy Goncharov bilan jang qilishga qarshi emas. IBA professional boks bo'yicha ajoyib oqshomlarni o'tkazyapti. Balki, Emelyanenko o'zini boks qoidalari asosidagi jangda sinab ko'rar. Variantlar va g'oyalar bisyor. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz", - deya MATCH TV kanaliga intervyu bergan Burchak. 

Kuni kecha Ural FC ligasi rasman 12 aprel kuniga belgilangan turnirni bekor qilgandi. Oqshomning markaziy jangida aynan Emelyanenko va Dacik o'zaro revansh bahsida to'qnash kelishlari kerak edi. Tashkilotchilar Moskva Ichki ishlar boshqarmasi bilan Ural FC 7 turnirini o'tkazish bo'yicha kelisha olmagan. Aniqrog'i, mamlakatda, xususan poytaxt Moskvada terroristik huruj ehtimolining saqlanib qolayotgani bois, Boshqarma turnir o'tkazishga ruxsat bermagan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing