08 fev 15:05
Yangiliklar

"Jangni men yutdim deb hisoblayman". Daniel Roman Murodjon Ahmadalievdan revansh kutmoqda
Kuni kecha, amerikalik bokschi Ahmadaliev bilan revanshda ringga chiqish istagi borligini aytib o'tdi.
"Bu yaqin jang edi. Ahmadaliev oldida shlyapamni echaman - u o'zini haqiqiy jangchi sifatida ko'rsatdi. Ammo men revansh istayman, chunki jangda g'alaba qozondim deb hisoblayman. Men bunday imkoniyat taqdim etilishiga loyiqman deb hisoblayman.
Bilaman, Ahmadalievda chempionlik yuragi bor, shuningdek ishonchim komil, u yana men bilan jang qilib, oramizdagi bahsga yakun yasashni istayman.
Aynan shunday paytlarda chempionlar o'zlarini ko'rsata oladilar, yana yuqoriga ko'tarilish uchun o'zlarida kuch topa oladilar. Agar menga yana imkoniyat berlsa yana jahon chempioni bo'la olishimga ishonaman. Menda ajoyib menejer va promouterlar jamoasi bor, bilaman ular kelisha oladilar. Kamarlarni qaytarib olish uchun o'zimga bog'liq bo'lgan barcha ishni qila olaman", - dedi Daniel Roman.
Fikrlar