06 fev 08:14
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Janibek Alimxanuli navbatdagi jangini Qozog'istonda o'tkazadi
Prof boksning o'rta vazn toifasida WBO va IBF yo'nalishlari chempioni, qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (15-0, 10 KO)ning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.  
			CHempion kongolik Anauel Ngamissenge (14-0, 9 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 5 aprel kuni Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tadi.
Janibek uchun bu 2017 yildan beri o'z mamlakatida o'tkazadigan ilk jangi bo'ladi. Alimxanuli oxirgi marta 2024 yil oktyabr oyida Andrey Mixaylovich bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi.

            Havola            :         
                    Manba                : Спорт Шредингера
            
			
Fikrlar